27 fev 09:04
Yangiliklar

Bugun Abdumalik Xalokov Ispaniyada prof boksdagi ikkinchi jangini o'tkazadi
Biz uchun ahamiyatlisi, uning kardidan hamyurtimiz Abdumalik Xalokov ishtirokidagi jang ham o'rin olgan. Parij-2024 Olimpiadasi chempioni professional boksdagi ikkinchi jangida venesuelalik Marlembron Akunyaga qarshi ringga ko'tariladi.
Jang 6 raund etib belgilangan kecha bokschilar tarozidan o'tish marosimida hozir bo'lishdi va ularning har ikkisi ham belgilangan vazn meyorini bajardi.
Malumot uchun, tajribali Akunya prof boksda 25 ta jang o'tkazib, 13 g'alaba, 11 mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. Abdumalik Xalokov esa prof boksdagi debyut jangini 2023 yilning 17 noyabr kuni Toshkentda ukrainalik Oleksandr Egorovga qarshi o'tkazib, ikkinchi raunddayoq nokaut evaziga zafar quchgandi.
Fikrlar