30 mar 07:57
Yangiliklar
Bugun Antaliya "Katta Dubulg'a" turnirida 6 nafar dzyudochimiz tatamiga chiqadi
Mukofot jamg'armasi 154 000 evroni tashkil etuvchi ushbu nufuzli musobaqada O'zbekiston terma jamoasi ham katta tarkibda medallar hamda Parij-2024 Olimpiadasi yo'lidagi qimmatli reyting ochkolari uchun bahs olib borishyapti.
Kecha 7 nafar dzyudochimizdan hech biriga shohsupaga ko'tarilish nasib etmagandi. Bugun o'rta vazn toifasidagi bellashuvlarda 6 nafar vakilimiz bahslarga kirishadi.
Bugun tatamiga chiqadigan dzyudochilarimiz:
-70 kg: Gulnoza Matniyazova - Tais Pina (Portugaliya)
-70 kg: SHohista Nazarova - Sabina Gershak (Vengriya)
73 kg: Murodjon Yo'ldoshev - Bilal CHiloglu (Turkiya)
73 kg: SHahram Ahadov - Biaslan Blimgotov (Bahrayn)/Filippe Metellus (Gaiti)
-81 kg: Nurbek Murtozoev - Sedrik Kalonga (KotD'Ivuar)
-81 kg: SHarofiddin Boltaboev - Anri Egutidze (Portugaliya)
Fikrlar