31 mar 10:10
Yangiliklar
Bugun Antaliya "Katta Dubulg'a" turnirining ilk kuni kimlarga muxlislik qilamiz?
Mukofot jamg'armasi 154 000 evroni tashkil etuvchi ushbu turnirda 5 qitaning 83 davlatidan roppa-rosa 600 (337 erkak, 263 ayol) nafar dzyudochi musobaqa medallari hamda Parij-2024 Olimpiadasi reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadi. Ular orasida O'zbekiston terma jamoasining 19 nafar dzyudochisi ham bor.
Murabbiylar qaroriga ko'ra, Tbilisi "Katta Dubulg'a" turniri oltin medali sohibasi Diyora Keldiyorova hamda kumush medali egasi Obidxon Nomonov Antaliya musobaqasida ishtirok etishmaydi. Ular turnir yakunlanganidan keyin boshlanadigan xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inida qatnashishadi.
Bugun tatamiga chiqadigan dzyudochilarimiz:
-48 kg: Halimajon Qurbonova - Hanife Ozkan (Turkiya)
-48 kg: Fotimaxon Tursunboeva - Natasha Ferreyra (Braziliya)
-52 kg: Sita Kadambaeva - Sumiya Iraoui (Marokash)
-57 kg: Nilufar Ermaganbetova - Kristian Legentil (Mavriki oroli)
-57 kg: SHukurjon Aminova - Pihla Salonen (Finlyandiya)
-60 kg: Dilshodbek Baratov - Muhammadsoleh Quvatov (Tojikiston)
-60 kg: Bahrom Boturov - Tornike Tsakadoya (Niderlandiya)
-66 kg: Abdurahim Nutfulloev - Abdurahman Bushita (Marokash)
-66 kg: Bobur Vadjiev - Daiki Buba (Franciya)
Fikrlar