27 okt 09:25
Yangiliklar
![](/upload/storage/47522_220.jpg)
Bugun Bahodir Jalolov taroziga, ertaga esa ringga ko'tariladi FOTO
Bahodir faoliyatidagi uchinchi jangini Amerika vaqti bilan bugun tunda, bizning vaqt bilan esa ertaga tongda amerikalik Tayrel Raytga qarshi o'tkazadi. Olti raundga mo'ljallangan jang Nyu-York shahridagi mashhur “Madison Square Garden” arenasida bo'lib o'tadi.
Malumot uchun, Jalolov shu kungacha prof ringda ikki marotaba jang o'tkazib, ularning har ikkisida raqiblarini nokaut evaziga mag'lub etgan. Professional boksdagi faoliyatini 2012 yilda boshlagan Rayt esa 13 marotaba ringga ko'tarilib, ularning 9 tasida g'alaba qozongan ( 6ta jangda nokaut evaziga raqiblaridan ustun kelgan). Ikkita bahsda imkoniyatni boy bergan. Yana 2 ta jangda durangga erishgan.
Eslatib o'tamiz, Bahodir Jalolov 29 sentyabr kuni meksikalik Eduardo Vitelaga qarshi jang o'tkazib, birinchi raunddayoq raqibini nokautga uchratgandi.
Fikrlar