So’nggi yangiliklar

15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0 10:23Тўрт карра Олимпиада чемпиони Мо Фара "Samarkand Marathon 2026" амбассадори бўлади 0 09:52Бразилияда бир ўйинда қизил карточка кўрсатиш бўйича рекорд ўрнатилди 0 08:45Дана Уайт Махачев билан оғзаки келишиб олгани ҳақида гапирди 0 20:13Усман Нурмагомедовнинг UFC`даги потенциал рақиби маълум 0 19:42Василий Ломаченконинг қачон рингга қайтиши аниқ бўлди 0

06 may 15:19
Yangiliklar

Boks/MMA

Bugun Baturov va Abdullaev Ekaterinburgda ringga ko'tariladi

Bugun Rossiyaning Ekaterinburg shahrida navbatdagi professional boks kechasi o'tkaziladi.

RCC Boxing Promotions promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan oqshomning markaziy jangi birinchi o'rta vazn toifasida mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan rossiyalik Magomed Kurbanov hamda Isroil Madrimovning sobiq raqibi, franciyalik Mishel Soro o'rtasida bo'lib o'tadi. Bokschilar tarozidan o'tish marosimida hozir bo'lishdi. 

Biz uchun ahamiyatlisi, ushbu prof boks kechasida ikki charm qo'lqop ustamiz navbatdagi janglarini o'tkazishadi. Og'ir vazn (90,7 kg.dan og'ir) toifasida andijonlik Mirzohidjon Abdullaev (3-1-1, 1 KO) rossiyalik Aleksandr Dorofeev (6-0, 2 KO)ga qarshi ringga ko'tariladi. Mezbon bokschi 100,7 kg, Abdullaev esa 109,0 kg tosh bosgan. Ushbu jang oqshomning uchinchi to'qnashuvi bo'lib, 8 raund etib belgilangan. 

Turnirning 6-jangida Bobo-Usmon Baturov (1-0) rossiyalik Magomednuri Magomedov (1-0)ga qarshi ringga chiqadi. Ikkala bokschi ham prof ringdagi debyut janglarida g'alaba qozonishgan. 66,7 kg vazn toifasida o'tkaziladigan ushbu jang 8 raund etib belgilangan. Magomednuri 66,35 kg, Bobo-Usmon esa 67,10 kg vazn qayd etgan.  

Oqshomning to'liq kardi:

1-juftlik, 6 raund, 57,2 kg

58,60 kg | Ivan CHirkov (9-0, 1 KO), CHelyabinsk, Rossiya

58,50 kg | Bislan Bekux (5-2, 4 KO), Adigeya Respublikasi


2-juftlik, 6 raund, +90,7 kg

117,0 kg | Maksim Babanin (4-0, 4 KO), Volgograd, Rossiya

97,70 kg | Yuriy Bixovcev (10-25-3, 5 KO), Gomel, Belarus


3-juftlik, 8 raund, +90,7 kg

100,7 kg | Aleksandr Dorofeev (6-0, 2 KO), Yugorsk, Rossiya

109,0 kg | Mirzohidjon Abdullaev (3-1-1, 1 KO), Andijon, O'zbekiston


4-juftlik, 8 raund, 66,7 kg

67,55 kg | Sergey Lubkovich (15-0, 10 KO), Kostroma, Rossiya

67,50 kg | Vadim Lubsanov (6-1, 1 KO), Ulan-Ude, Rossiya


5-juftlik, 8 raund, -90,7 kg

90,70 kg | Aleksey Egorov (11-1, 7 KO), Obninsk, Rossiya

91,95 kg | Vladimir Jigaylov (4-0, 2 KO), Surgut, Rossiya


6-juftlik, 8 raund, 66,7 kg

66,35 kg | Magomednuri Magomedov (1-0), Pokachi, Rossiya

67,10 kg | Bobo-Usmon Baturov (1-0), Jizzax, O'zbekiston


7-juftlik, 8 raund, 63,5 kg

64,95 kg | Oganes Ustyan (10-0, 3 KO), Sochi, Rossiya

64,55 kg | Evgeniy Pavko (19-4-1, 13 KO), Kopeysk, Rossiya


8-juftlik, 8 raund, 66,7 kg

66,65 kg | Igor Adleyba (14-0-2, 6 KO), Suxum, Abxaziya

66,45 kg | Maksim CHernichuk (4-0, 1 KO), Moskva, Rossiya


9-juftlik, 10 raund, 59,0 kg

59,98 kg | Jora Amazaryan (13-3-2, 9 KO), Ekaterinburg, Rossiya

59,92 kg | Fransisko Fonseka (31-3-2, 25 KO), Managua, Nikaragua


10-juftlik, 10 raund, 90,7 kg

91,85 kg | Evgeniy Tishenko (11-1, 7 KO), Ekaterinburg, Rossiya

90,75 kg | Iv Ngabu (21-1, 15 KOs), Ruselare, Belgiya


11-juftlik, 12 raund, 69,9 kg

69,05 kg | Magomed Kurbanov (24-0, 13 KO), Ekaterinburg, Rossiya

69,65 kg | Mishel Soro (35-3-2, 24 KO), Lion, Franciya 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing