12 iyu 10:39
Yangiliklar
Dzyudo
Bugun besh nafar dzyudochimiz Budapesht Gran-prisida ishtirok etadi
Bugun Vengriya poytaxtida dzyudo bo'yicha Gran-pri seriyasiga kiruvchi navbatdagi yirik musobaqa start oladi.
Reglamentga ko'ra, bugun engil vazn toifasidagi bellashuvlar o'tkaziladi va unda terma jamoamizning 5 nafar vakili Gran-pri chempionligi uchun bahslarga kirishadi. Hamyurtlarimizning dastlabki raqiblari bilan tanishing:
-60 kg: SHarofiddin Lutfillaev – Kimran Borchashvili (Avstriya) / Karamat Xuseynov (Ozarbayjon)
-60 kg: Kemran Nurillaev – Temur Nozadze (Gruziya) / Gonsalo Mansino (Portugaliya)
-66 kg: Sardor Nurillaev – Tal Almog (Argentina) / Ibrohim Aliev (Ozarbayjon)
-66 kg: SHahram Ahadov – Manuel SHibel (Germaniya)
-52 kg: Diyora Keldiyorova – CHishima Maeda (Yaponiya)
Eslatib o'tamiz, musobaqa g'olibi Tokio Olimpiadasi reytingi uchun 700 ochkoga ham ega bo'ladi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar