12 avg 10:39
Yangiliklar
Dzyudo, Tokio-2020
Bugun dzyudodagi so'nggi vakilimiz – Tangriev tatamiga chiqadi
Bugun Rio Olimpiadasining ettinchi kungi bahslarida bir necha sportchimiz sportning dzyudo, engil atletika, boks va tramplinda sakrash turlarida o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishadi.
Jumladan, bugun dzyudo musobaqasidagi so'nggi vakilimiz o'z ishtirokini boshlashdi. +100 kg vazn toifasidagi bahslarda yurtimiz sport sharafini tajribali Abdulla Tangriev himoya qiladi.
Pekin Olimpiadasining kumush medal sovrindori ilk davrada samoalik Derek Suaga qarshi tatamiga chiqadi. Agar Tangriev Derekni mag'lub eta olsa, ikkinchi davrada tailandlik Kunatip Yea-On hamda ruminiyalik Daniel Natea bahsi g'olibi bilan to'qnash keladi. CHorak finalda katta ehtimol bilan azaliy raqibi ukrainalik Lakiv Xammo bilan uchrashadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar