12 okt 10:52
Yangiliklar
Dzyudo
Bugun ham Abu-Dabi "Katta Dubulg'a" turnirida 4 nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz
SHu kunlarda BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida dzyudo bo'yicha Katta Dubulg'a turkumiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Dunyoning 4 qitasi 29 mamlakatidan jami 219 (150 erkak, 69 ayol) nafar dzyudochi ishtirok etayotgan mazkur musobaqada o'zbekistonlik sportchilar ham medallar uchun tatamiga chiqyapti.
Mukofot jamg'armasi 154 000 evroni tashkil qiluvchi Abu-Dabi «Katta Dubulg'a» turnirining ikkinchi kunida ham 4 nafar dzyudochimiz bahslarga kirishadi.
Bugun tatamiga chiqadigan dzyudochilarimiz:
-73 kg: Muhriddin G'iyosov - Ermek Amangeldi (Qozog'iston)
-73 kg: SHavkat Saitqulov - Karen Galstyan (IJF)
-81 kg: Suhrob Tursunov - Israel Nzange (Kot D`Ivuar)
-81 kg: Zulfiddin Usmonov - Viron Jon Ferrer (Filippin)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar