26 iyu 10:08
Yangiliklar
Bugun ikki yunon-rum kurashchimiz Jahon chempionati medali uchun kurashadi
Odatdagidek, bellashuvlarni yunon-rum kurashi vakillari boshlab berishdi. Dunyo birinchiligining birinchi kuni O'zbekiston yunon-rum kurashi terma jamoasining ikki vakili medallar uchun kurashga kirishdi.
55 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Xurshidbek Normuhammadov 1/16 finalda italiyalik Salvatore Materiani 8-0, 1/8 finalda Xitoy Taypeyi vakili SHu Vey CHangni 11-0, 1/4 finalda qozog'istonlik Nariman Bekimovni 10-0 hisobida dog'da qoldirdi. Yarim finalda esa hindistonlik Surajga 3-7 hisobida yutqazib qo'ydi. Bugun u bronza medali uchun gilamga chiqadi. Uning raqibi o'tish bahsidagi Aleksandru Varzari (Ruminiya)/Kohaku Kanazava (Yaponiya) uchrshuvidan so'ng malum bo'ladi.
Yana bir yunon-rum kurashchimiz Behruz Barnoevda ham jahon chempionatining bronza medalini qo'lga kiritish imkoni bor. Buning uchun 65 kg vazndagi kurashchimiz avvaliga o'tish bellashuvida qozog'istonlik Sergazi Abdixadirni mag'lub etishi shart. Barnoev 1/16 finalda moldovalik Artur Borsni 2-1 hisobida engib, nimchorak finalda eronlik Muhammad Pianiga imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
Fikrlar