24 avg 11:54
Yangiliklar
Dzyudo
Bugun jahon chempionati boshlanadi. Ilk kun bellashuvlarida 4 nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz
Bugun Bosniya va Gercegoviniyaning Saraevo shahrida dzyudo bo'yicha kadetlar o'rtasidagi jahon chempionati start oladi.
Dunyoning 61 davlatidan 492 nafar dzyudochi ishtirok etadigan dunyo birinchiligida O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi ham medallar uchun bahs olib boradi. Bugungi bellashuvlarda 4 nafar dzyudochimiz medallar uchun tatamiga chiqadi.
O'smirlar
-50 kg: Mirjahon Sayfiddinov - Yassin Sabrah (Misr)
-55 kg: Anvarjon Ibrohimov - Abdulaziz Bushnag (Saudiya Arabistoni)/ Erik Sagxatelyan (Armaniston)
Qizlar
-40 kg: Laziza Haydarova - Aizat Naukenova (Qozog'iston)/ Anastasiya Superson (Ukraina)
-44 kg: Umidaxon Burxonjonova - Aliman Abdrashitova (Qirg'iziston)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar