25 avg 06:36
Yangiliklar
Bugun Jahon chempionati start oladi, uning ilk kuni SHarofiddin va Diyorbek tatamiga chiqadi
Dunyoning 149 mamlakati polvonlari ishtirokida o'tkaziladigan jahon chempionatida 11 nafar yurtdoshimiz O'zbekiston sharafini himoya qiladi. Bugun erkaklar -60, ayollar esa -48 kg vazn toifasida tatamiga chiqishadi hamda kunning ikkinchi yarmida aynan shu vaznlarda g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ladi.
Xabar berganimizdek, -60 kg vazn toifasida ikki polvonimiz o'z mahoratini namoyish etadi. Reytingi eng yuqori dzyudochimiz SHarofiddin Lutfullaev ishtirokini to'g'ridan-to'g'ri ikkinchi bosqichdan boshlaydi va Xalqaro dzyudo federaciyasi bayrog'i ostida qatnashadigan Muhammad Rashnonezadga qarshi tatamiga chiqadi. Rio Olimpiadasi sovrindori Diyorbek O'razboev esa amerikalik Adonis Dias bilan to'qnash keladi.
Fikrlar