26 okt 07:36
Yangiliklar
Sport kurashlari
Bugun jahon chempionatida Umidjon Jalolovga muxlislik qilamiz
Albaniyaning Tirana shahrida sport kurashlari bo'yicha U-23 yosh toifasidagi jahon chempionati davom etmoqda.
Musobaqaning bugungi kuni doirasida erkin kurash bo'yicha 65 kg vazn toifasida O'zbekiston terma jamoasi azosi, yoshlar o'rtasidagi Olimpiada g'olibi Umidjon Jalolov gilamga chiqadi. U o'z ishtirokini saralash bosqichida xitoylik Nianxu Zouga qarshi bahs bilan boshlaydi.
Umidjon U-23 Jahon chempionatidagi so'nggi vakilimiz hisoblanadi. Avvalroq, to'rt nafar yunon-rum kurashchimiz musobaqada ishtirok etib, Alisher G'aniev jahon chempioniga aylangan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar