03 okt 09:33
Yangiliklar
Bugun Jahon chempionatining ikkinchi kuni 4 nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz
Dunyoning 5 qitasi 67 mamlakatidan jami 531 (290 o'g'il bola, 241 qiz bola) nafar dzyudochi qatnashayotgan mazkur nufuzli musobaqada O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ham to'liq tarkibda ishtirok etyapti.
Bugun o'rta vaznlarda g'olib va sovrindorlar aniqlanadi. O'g'il bolalar -73, -81 kg, qizlar esa -57 va -63 kg vazn toifalarida jahon chempionati medallari uchun tatamiga chiqishadi. Bugungi bellashuvlarda Despina Bochkova, Marjona Nurulloeva, Hojiakbar Toshev va Mardon Ravshanovga muxlislik qilamiz.
Dzyudochilarimizning ilk davradagi raqiblari:
-57 kg: Despina Bochkova - Ariunzaya Terbish (Mo'g'uliston)
-63 kg: Marjona Nurulloeva - Nona Doliashvili (Gruziya)
-73 kg: Hojiakbar Toshev - Nurmahammed Bakirdinov (Qirg'iz Respublikasi)/Enhtur Jugdergarav (Mo'g'uliston)
-73 kg: Mardon Ravshanov - Arun Kumar (Hindiston)
Fikrlar