27 avg 13:07
Yangiliklar
Dzyudo
Bugun kadetlar o'rtasidagi jahon chempionatida og'ir vaznlilar tatamiga chiqadi
Bugun Bosniya va Gercegoviniyaning Saraevo shahri mezbonligida o'tayotgan kadetlar o'rtasidagi jahon chempionatining yakkalik bahslaridagi so'nggi kuni.
Dunyoning 61 davlatidan 492 nafar dzyudochi ishtirok etayotgan dunyo birinchiligida O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi ham medallar uchun bahs olib boryapti. Bugungi bellashuvlarda 5 nafar dzyudochimiz medallar uchun tatamiga chiqadi.
Bugun medallar uchun kurashadigan dzyudochilarimiz:
-70 kg: Barchinoy Qodirova - CHien Min CHuang (Xitoy Taypei)/ Avalon Anskey (Avstraliya)
-70 kg: Tuygul Hamroeva - Jael Vernert (Avstriya)/ Dragana Paunich (Bosniya va Gercegovina)
+70 kg: Sevinch To'raqulova - Nigar Suleymanova (Ozarbayjon)
-90 kg: Abbos SHermahmatov - Pavle Bulatovich (CHernogoriya)/ Teocharis Karatsaousidis (Kipr)
+90 kg: Elnur Xolmo'minov - Ibrohim Tataroglu (Turkiya)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar