So’nggi yangiliklar

18:46Президент Шавкат Мирзиеёв Геннадий Головкин билан учрашди + ФОТО 0 16:02Пэдди Пимблеттнинг рафиқаси эрининг соғлиғи ҳақида маълумот берди 0 15:08Арман Царукян: "Мен Гэтжи, Топурия Махачев билан жанг қилади" 0 13:24Ўзбекистон терма жамоаси бугун Хитой билан ўйнайди 0 12:59UFC собиқ чемпиони Шон-шуҳрат залига киритилди 0 12:36Боксчиларимиз RCC Гран-присида қандай натижалар қайд этишди? 0 12:00Тошкентда Осиё Олимпия кенгашига янги президент сайланди 0 11:33Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг 2 нафар футболчиси мавсумни Тошкент клубида бошлайди 0 11:12"Юзингга қара, пасткаш". Гэтжи жангдан кейин Пимблеттга нима деганини айтди 0 10:40Порье Гэтжининг ғалабасига муносабат билдирди 0 10:18Умар Нурмагомедов: "Спарринг шерикларим Фигейредудан кўра қийинроқ бўлганди" 0 09:42Бернарду Силва "Барселона"га ўтмоқчи, аммо каталонияликлар иккиланишмоқда 0 09:15Пимблетт Гэтжи билан жангдаги ҳакамликка муносабат билдирди 0 08:39Australian Open. Даниил Медведев ўз юришини тўхтатди 0 08:12Жастин Гэтжининг UFC'да олган бонуслари миқдори 1 миллион доллардан ошди 0

01 sen 11:20
Yangiliklar

Sport kurashlari, Kurash

Bugun kurashchi qizlarimiz Jahon chempionati medallari uchun gilamga chiqishadi

Franciyaning Makon shahrida davom etayotgan sport kurashlari bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati o'zining qizg'in pallasiga kirdi.

Yilning ushbu nufuzli musobaqasida O'zbekiston terma jamoasi ham to'liq tarkibda ishtirok etyapti. Terma jamoamiz tarkibidan asosan o'tgan yili Filippin poytaxti Manila shahrida o'tkazilgan Osiyo chempionatining g'olib va sovrindorlari joy olgan.

Bugun jahon chempionatining uchinchi kungi bahslarida ayollar kurashi bo'yicha g'olib va sovrindorlar aniqlanadi. Aniqrog'i, 44, 51, 59, hamda 67 kg vazn toifalarida g'olib va sovrindorlar noma malum bo'ladi.

Ayollar kurashi terma jamoamiz azolaridan bugun uch nafari gilamga chiqadi. 51 kg vaznda Nodira Sobirova, 59 kg vazn toifasida Nabira Esenbaeva hamda 67 kgda Baxtigul Boltaniyozova sovrinli o'rinlar uchun bahslarga kirishishadi. Terma jamoa katta murabbiyi – Axmet Kagarmanov.

Eslatib o'tamiz, bizga ushbu jahon chempionatidagi ilk va hozircha yagona bo'lib turgan medalni istedodli sportchimiz o'smirlar o'rtasidagi Nankin Olimpiadasi g'olibi, Osiyo chempioni Ilhom Bahromov keltirgandi. U finalda rossiyalik raqibiga imkoniyatni boy berib, jahon vice-chempioniga aylangandi. 


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing