So’nggi yangiliklar

17:15Ўзбекистонда UFC турнири ўтказилса, марказий жангда қайси ҳамюртимиз иштирок этиши маълум 0 16:33"Бунёдкор"да пул йўқ: Тошкент клуби Навоийга бора олмайди 0 15:50Мирафзал Ахтамовнинг PFL Лигасидаги кейинги рақиби, жанг санаси ва манзили эълон қилинди 0 15:07Баскетболчи қизларимиз Осиё ўйинларидаги рақибларини билиб олди 0 14:27Жон Жонс Федор Емельяненкони мағлуб этган бўлиши мумкинлигини айтди 0 13:50Мурод Алиев "Пахтакор" билан ўйинда кўтарилган баннер ҳақида: "Шу ерда раҳбар бўлиб нотўғри иш қилаётган жойимиз йўқ" 0 13:17Расман! Лазизбек Мулложоновнинг проф боксдаги кейинги жанги тасдиқланди. У Жалоловнинг собиқ рақиби билан жанг қилади (ПОСТЕР) 0 12:49Қозоғистон дзюдо терма жамоаси Осиё ўйинлари учун таркибини эълон қилди 0 12:24Ислам Махачев: "Конор Макгрегордан кўнглим қоляпти" 0 11:55ФИФА Аргентина терма жамоасига нисбатан учта банд бўйича суриштирув бошлади 0 11:17Пойтахтимизда 600 нафардан зиёд таэквондо усталарини бир нуқтада бирлаштирган "Tashkent Summer Camp-2026" йиғини ўтказилмоқда 0 10:43UFC 330 турнири яна бир жангини йўқотди 0 10:06Бектемир Мелиқўзиев ESPN рейтингидан жой олди 0 09:34Ўзбекистон МТЖ аъзоси жароҳат сабабли камида бир ой майдонга тушмайди 0 08:59Мухлиса Машарипова финалда, Азимовада бронза учун имконият бор + ФОТО 0

22 fev 19:16
Yangiliklar

Dzyudo

Bugun MOQda Toshkent “Katta Dubulg'a” turniri oldidan matbuot anjumani o'tkazildi FOTOGALEREYA

Teglar :  Katta Dubulg'aMOQ
Dzyudo muxlislari uchun xushxabar! Yaqinlashib kelayotgan Toshkent “Katta Dubulg'a” turniri muxlislar bilan o'tishi kutilmoqda.

Bu haqida rasmiylar musobaqaga bag'ishlab o'tkazilgan matbuot anjumanida xabar qilishdi. 

Xabaringiz bor, joriy yilning 5-7 mart kunlari poytaxtimizda dzyudo bo'yicha ilk bor “Katta Dubulg'a” tasnifiga kiruvchi yirik musobaqa bo'lib o'tadi. Ushbu turnir Tokio-2020 Olimpiya o'yinlari yo'llanmasi uchun qimmatli reyting ochkolarini berishi bilan yanada ahamiyatli. 

Bugun MOQ majlislar zalida mazkur musobaqaga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Unda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, MOQ raisi o'rinbosari, O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov, MOQ raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov, Xalqaro dzyudo federaciyasining (IJF) musobaqalarni tashkil qilish bo'yicha menejeri Lisa Allan hamda tashkilotda faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Abdulla Murodov, shuningdek, terma jamoamizning etakchi sportchi va murabbiylari, OAV xodimlari ishtirok etishdi.   

Anjumanni Ravshan Ermatov kirish so'zi bilan ochib berdi. SHundan so'ng O.Kasimov va L.Allan ham mazkur tadbir va bo'lajak musobaqa haqida o'z fikrlarini bildirib o'tishdi. SHundan so'ng anjumanning savol-javob qismiga navbat berildi. Tabiiyki, musobaqaga muxlislarning kirishi haqidagi savol ko'pchilikni qiziqtirdi. Bunga Azizjon Kamilov quyidagicha javob berdi:

“Muxlislar uchun xushxabarimiz bor: Xalqaro dzyudo federaciyasi Toshkent “Katta dubulg'a” turnirida muxlislarning arenaga kirishiga ruxsat berdi. Faqat buning uchun o'ziga yarasha talablar ham qo'yildi. Bunda tashkilotchilar muxlislarning sportchilar bilan aloqada bo'lmasliklarini taminlashi zarur. Bu borada hukumatimizdan ham rasman ruxsat olsak va xalqaro federaciya talab qilgan tizimni ishlab chiqsak bo'lgani”. 

SHuningdek, Lisa Allan musobaqaga olib borilayotgan tayyorgarlik haqida ham o'z fikrlarini bildirib o'tdi. 

“Toshkent doim bizning ishonchimizni oqlab kelgan. Ko'rib turibmanki, bu yilgi turnirga ham tayyorgarlik ko'ngildagidek olib borilmoqda. Maqsadimiz dzyudo oilasi uchun ushbu sport havosini ulashish. Bu borada birinchi navbatda sportchilar, mehmonlar va mezbon mamlakatning xavfsizligini taminlashimiz kerak”, – dedi IJF vakili. 

Anjuman davomida Azizjon Kamilov terma jamoamizning musobaqaga olib borayotgan tayyorgarligi, tarkibda kimlar bo'lishi haqida qo'shimcha qilib o'tdi. 

“Musobaqada tarkibimiz asosan yoshlardan iborat bo'ladi. Negaki, biz ularga bunday xalqaro musobaqalar havosini ko'rishlari uchun imkon berishimiz kerak. Boisi oldinda Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari va Parij-2024 Olimpiya o'yinlari ham turibdi. Kichik jarohati sabab Muhammadkarim Xurramov bu turnirni o'tkazib yuboradi. Hukumatimizning qo'llab-quvvatlashi bilan “Katta Dubulg'a” turniriga tayyorgarlik yuqori saviyada olib borilmoqda”, – dedi MOQ raisi o'rinbosari. 

Tadbir davomida mutasaddilar musobaqalarni o'tkazish bo'yicha IJF qo'ygan talablar, Toshkentning kelgusi yil kattalar o'rtasidagi jahon chempionatini qabul qilishi, jamoamiz oldiga qo'yilgan rejalar haqidagi savollarga ham javob berib o'tishdi. O'z navbatida, jamoamiz bosh murabbiyi Ilias Iliadis va dzyudochilarimiz “Katta Dubulg'a” turnirida g'alabalari bilan muxlislarimizni yanada xursand qilishga vada berishdi.

Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing