12 sen 13:22
Yangiliklar

Bugun "Muhammadali Umarov" klubi azosi Ekaterinburgda ringga ko'tariladi + FOTO
"RCC Boxing Promotions" promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan bugungi boks oqshomida mezbonlardan tashqari Qozog'iston, Kamerun va Ukrainadan kelgan charm qo'lqop ustalari ham ringga ko'tariladi.
Etiborlisi, Ekaterinburgdagi boks kechasida hamyurtimiz Ali Turg'unaliev ham o'z jangini o'tkazadi. "Muhammadali Umarov" sport klubi azosi bo'lgan Alining raqibi rossiyalik Aleksey Kanyukov bo'ladi. Ushbu sport klubi Otabek Umarovning otasi nomiga ochilgan.
Kecha ananaga ko'ra boks kechasi ishtirokchilarini tarozidan o'tkazish marosimi bo'lib o'tdi. Ali Turg'unaliev 64,8 kg tosh bosdi va belgilangan vazn meyorini bajardi.
Professional boks kechasi Boks TV va Match TV telekanallari orqali to'g'ridan-to'g'ri namoyish etiladi. Janglar Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanishi rejalashtirilgan.
Fikrlar