22 fev 09:08
Yangiliklar
Dzyudo

Bugun Navoiyda O'zbekiston chempionati boshlanadi
Birozdan so'ng Navoiy shahridagi NKMK sport saroyida dzyudo bo'yicha o'smir va qizlar (2005-2006 yillarda tug'ilganlar) o'rtasida O'zbekiston chempionati start oladi.
Mamlakat birinchiligida Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan eng sara dzyudochilar uch kun davomida musobaqa medallari uchun tatamiga chiqadilar.
Bugun o'smirlar o'rtasida -50, -55, -60 kg, qizlarda esa -40, -44, -48 kg vazn toifalarida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar