21 apr 07:46
Yangiliklar
Bugun Osiyo chempionatining ikkinchi kunida 6 nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz
Qita birinchiligida 36 davlatdan jami 272 (166 erkak, 106 ayol) nafar dzyudochi Osiyo chempionati medallari uchun kurashga kirishgan. Musobaqada yurtimiz sharafini 17 (9 erkak, 8 ayol) nafar dzyudochi himoya qilyapti. Ulardan 3 nafari kecha Osiyo chempionatining bronza medalini qo'lga kiritdi.
Diyora Keldiyorova, Sardor Nurillaev va Doston Ro'ziev shohsupaning uchinchi pog'onasiga ko'tarildi. Bugungi bellashuvlarda 6 nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz.
Dzyudochilarimiz uchun qura natijalari:
-70 kg: Gulnoza Matniyazova - Song Mun (KXDR)/Dan YU (Xitoy)
-70 kg: SHohista Nazarova - Ekaterina Tokareva (Qozog'iston)/Inunganbi Taxellambam (Hindiston)
-73 kg: SHahram Ahadov - Hay Ba Nguen (Vetnam)/Karim Abdullaev (BAA)
-73 kg: Murodjon Yo'ldoshev - Askar Narkulov (Qozog'iston)/Masayuki Terada (Tailand)
-81 kg: Nurbek Murtazoev - Yuxei Oino (Yaponiya)
-81 kg: SHarofiddin Boltaboev - Viron Jon Ferrer (Filippin)
Fikrlar