12 iyu 12:19
Yangiliklar
Bugun O'zbekiston kriket terma jamoasi Challenger Cup musobaqasidagi ishtirokini boshlaydi
Bosh murabbiy Murtoza CHug'toy boshchiligidagi O'zbekiston kriket milliy terma jamoasi yo'llanmani qo'lga kiritish maqsadida Singapurga etib bordi. O'ttizdan ortiq terma jamoalar ishtirokidagi saralash o'yinlariga 10 iyundan start berilgan bo'lib, O'zbekiston terma jamoasi D guruhidan joy olgan va ilk rasmiy o'yinini bugun, 12 iyun kuni Kambodja terma jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Takidlash joiz, O'zbekiston kriket federaciyasi tomonidan olimpiya o'yinlari dasturidan o'rin olgan ushbu sport turini yaqin besh yilda keng ommalashtirish borasidagi tinimsiz say-harakatlar bugun ijobiy natijasini ko'rsatgani bois, kriket bo'yicha milliy terma jamoamiz ilk bor xalqaro rasmiy o'yinlarida ishtirokini boshladi.

SHunday ekan terma jamoamizga xalqaro maydonda O'zbekiston sharafini munosib himoya qilib, Vatanimiz bayrog'ini baland hilpirashiga, madhiyamiz baralla yangrashida omad va zafarlar tilaymiz.





Ilhom RAHMONOV tayyorladi
Fikrlar