09 mar 12:45
Yangiliklar
Bugun Pxyonchxanda Paralimpiya o'yinlari start oladi
Hisob bo'yicha XII Qishki Paralimpiya o'yinlari bugun boshlanadi va 18 martga qadar davom etadi.
Ushbu o'yinlarda sportchilar olti hil yo'nalishda medallar uchun kurash olib boradilar:
1. Biatlon
2. Kyorling
3. Tog' chang'isi
4. CHang'i poygalari
5. Para-snoubord
6. Sledj-xokkey.
Bahslar sakkizta inshootda tashkil qilinadi:
Olimpiya stadioni - ochilish va yopilish marosimlari
"Alpenziya" biatlon markazi - biatlon
"Alpenziya" chang'i markazi - chang'i poygalari
Yongpyong tog' chang'i bazasi - tog' chang'isi
Bugvan Fyoniks Park - para-snoubord
Jubon tog' chang'i stadioni - tog' chang'isi
Kvandon universitetining sport arenasi - sledj-xokkey
Kannin muz saroyi - kyorling
Musobaqada 80 ta medallar jamlanmasi o'ynaladi. Takidlab o'tish lozimki, bu Sochidagi bahslardan sakkiztaga ko'pdir. 2014 yilgi Paralimpiya o'yinlarida 72 ta medallar jamlanmasi o'z egalariga topshirilgandi.
Paralimpiya o'yinlarining timsoli Osiyo qora ayig'i - Pandabi. U kuchli iroda va jasorat timsoli hisoblanadi.
O'yinlarda umumiy hisobda 48 mamlakat paralimpiyachilari ishtirok etadi. Bahslarda Gruziya va KXDRdan vakillar ilk marotaba qatnashmoqdalar.
Malumot uchun, Paralimpiadada o'zbekistonlik sportchi ham ishtirok etadi. Hamyurtimiz Yoqutxon Xolbekova chang'i poygalari bahsida yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Fikrlar