28 may 09:16
Yangiliklar
Bugun Qarshida dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasida O'zbekiston Kubogi boshlanadi
"Geolog" sport majmuasida mamlakatimizning eng sara hamda istedodli dzyudochilari O'zbekiston Kubogi uchun bahslarga kirishishadi. Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan kelgan jami 700 nafarga yaqin dzyudochilar 14 ta (7 ta ayollar, 7 ta erkaklar) vazn toifasida tatamiga chiqishadi.
Musobaqa starti oldidan hakamlar va murabbiylar uchun amaliy seminar tashkil etildi. Unda O'zbekiston dzyudo federaciyasi Hakamlar hayati raisi Bahodir Uzakberganov hamda xalqaro toifadagi referi Soyib Qurbonov Xalqaro dzyudo federaciyasi tomonidan 2024 yilda amaliyotga kiritilgan ayrim o'zgarishlar, qonun-qoidalar haqida malumot berishdi.
Malumot uchun, uch kun davom etadigan O'zbekiston Kubogi bellashuvlarini 24 nafar hakam boshqarib boradi.
Fikrlar