22 okt 09:29
Yangiliklar
Tennis
Bugun qozog'istonlik tennischi Belgiyada bosh sovrin uchun kortga chiqadi
Belgiyaning Antverpen shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha ATP turnirida ikkinchi finalchining nomi ham malum bo'ldi.
Dunyoning 36-raketkasi bo'lib turgan Aleksandr Bublik yarim final uchrashuvida ATP reytingida 127-pog'onadan joy olgan germaniyalik Maksimilian Martererni ikki setda ham bir xil hisobda mag'lubiyatga uchratdi - 6/4, 6/4.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida qozog'istonlik raketka ustasi oldinga chiqib oldi - 2:1. Sakson olti daqiqa davom etgan bahsda Bublik 12, Marterer 1 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Bugun Aleksandr bosh sovrin uchun final uchrashuvida franciyalik Artur Fisga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar