23 okt 09:43
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugun Saidyoqub Qahramonov va Xolmurod Nurmatov Dubayda jang qiladi
Bugun Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida MMA bo'yicha ACA 194 turniri bo'lib o'tadi.
Oqshomning markaziy jangi eronlik og'ir vaznli Amir Aliakbari (15-4) hamda amerikalik Toni Jonson (18-9-1) o'rtasida kechadi.
Biz uchun ahamiyatlisi, musobaqa doirasida ikki hamyurtimiz — Saidyoqub Qahramonov (12-3) hamda Xolmurod Nurmatov (15-8-1) ham oktagonga ko'tariladi.
Sobiq UFC jangchisi hisoblangan Qahramonov ACA 194 turnirida misrlik Omar El Bili (6-3) bilan to'qnash kelsa, Nurmatov rossiyalik tajribali Umalat Israilov (17-5)ga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar