23 mar 05:33
Yangiliklar
Bugun Tbilisi "Katta Dubulg'a"da o'rta vaznli dzyudochilarimizga muxlislik qilamiz
Dunyoning 5 qitasi 83 davlatidan jami 531 (296 erkak, 235 ayol) nafar dzyudochi ishtirok etayotgan ushbu nufuzli musobaqada O'zbekiston terma jamoasi vakillari ham medallar hamda Parij-2024 Olimpiadasi yo'lidagi qimmatli reyting ochkolari uchun bahs olib borishyapti. Kecha Sardor Nurillaev (-66 kg) terma jamoamizga kumush medalni taqdim etdi.
Bugun erkaklar -73, -81 kg, ayollar esa -63 va -70 kg vazn toifalarida tatamiga chiqishadi. Bugun o'rta vazn toifasida o'tkaziladigan bellashuvlarda 5 nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz.
Bugun tatamiga chiqadigan dzyudochilarimiz:
-70 kg: Gulnoza Matniyazova - Katya-Jemima Braun (Buyuk Britaniya)/Ellen Froner (Braziliya)
-70 kg: SHohista Nazarova - Akulina CHaeb (Livan)
-73 kg: Murodjon Yo'ldoshev - Ruslan Xalavachov (Neytral sportchi)/Abdulloh Hammad (Saudiya Arabistoni)
-81 kg: SHarofiddin Boltaboev - Xorxe Perez (CHili)
-81 kg: Nurbek Murtazoev - Daniil Zubko (Franciya)/Teodoros Demurcidis (Greciya)
Fikrlar