15 may 11:02
Yangiliklar
Dzyudo

Bugun Termizda O'zbekiston Kubogi start oladi
Bugun Surxondaryo viloyati markazi Termiz shahrida dzyudo bo'yicha erkaklar o'rtasidagi O'zbekiston Kubogi bahslari boshlanadi.
Yilning ahamiyatli musobaqasida Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan jami 450 nafarga yaqin dzyudochilar ishtirok etadi. 17 mayga qadar davom etadigan mamlakat kubogida 7 ta vazn toifasida g'olib va sovrindorlar aniqlanadi.
Kecha “Alpomish” sport majmuasi mezbonlik qiladigan musobaqaga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Bugundan esa murosasiz kechishi kutilayotgan bahslarga start beriladi. Bugunning o'zida O'zbekiston Kubogining tantanali ochilish marosimi o'tkaziladi.
O'zbekiston dzyudo federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
12:31
Nukus shahri mezbonlik qilayotgan O'zbekiston Kubogining ilk kungi g'oliblari malum FOTOGALEREYA 0
Fikrlar