24 mar 09:49
Yangiliklar
Dzyudo
Bugun to'rt nafar dzyudochimiz Gruziyadagi "Katta dubulg'a"da bahsga kirishadi
Bugun Gruziyaning Tbilisi shahrida dzyudo bo'yicha "Katta dubulg'a" turkumiga kiruvchi navbatdagi musobaqa start oladi.
Reglament bo'yicha turnirning birinchi kunida engil vazn toifasidagi bellashuvlar bo'lib o'tadi. Unda O'zbekiston terma jamoasining 4 nafar vakili medallar uchun kurashadi.
Hamyurtlarimiz bellashuvlarni quyidagi raqiblariga qarshi boshlashadi:
-60 kg: Kamoliddin Baxtiyorov - Muhammad Rashnonezhad (IJF)
-60 kg: Doston Ro'ziev - Saba Grigalashvili (Gruziya)
-66 kg: Manuchehr SHirinov - Gustav Brovold (Norvegiya)
-52 kg: Diyora Keldiyorova - Tolganay Abeuova (Qozog'iston) / Mari Maxarashvili (Gruziya)
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar