24 okt 10:43
Yangiliklar
Dzyudo

Bugun to'rt nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz
Bugun Vengriya poytaxti mezbonlik qilayotgan Budapesht "Katta Dubulg'a" turnirining ikkinchi kungi bellashuvlari o'tkaziladi.
Musobaqaning ikkinchi kuni erkaklar -73 va -81 kg, ayollar esa -63 hamda -70 kg vazn toifalarida tatamiga chiqishadi. O'zbekiston terma jamoasi azolaridan Hikmatulloh To'raev, SHarofiddin Boltaboev, Kamoliddin Rasulov va Gulnoza Matniyazova turnir medallari hamda Tokio Olimpiadasi yo'lidagi qimmatli reyting ochkolari uchun bahslarga kirishishadi.
Budapesht "Katta Dubulg'a" turniri. 2-kun
-73 kg: Hikmatilloh To'raev – E.Batzaya (Mo'g'uliston) / E.Barbosa (Braziliya)
-81 kg: SHarofiddin Boltaboev – A.Ungvari (Vengriya) / D.Xamza (Qozog'iston)
-81 kg: Kamoliddin Rasulov – YA.Musil (CHexiya)
-70 kg: Gulnoza Matniyazova – A.Pogachnik (Sloveniya)
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
12:31
Nukus shahri mezbonlik qilayotgan O'zbekiston Kubogining ilk kungi g'oliblari malum FOTOGALEREYA 0
Fikrlar