06 mar 07:45
Yangiliklar
Bugun Toshkent "Katta Dubulg'a" turnirida 12 dzyudochimiz tatamiga chiqadi (juftliklar)
Bugun erkaklar -73 va -81, ayollar esa -63 hamda -70 kg vazn toifalarida turnir medallari hamda Tokio Olimpiadasi yo'lidagi qimmatli reyting ochkolari uchun tatamiga chiqishadi.
Muxlislar Tel-Aviv "Katta Dubulg'a" turniri g'olibi SHarofiddin Boltaboevning ishtirokini intiqlik ila kutayotganlari bor gap. Qoraqalpog'istonlik dzyudochimiz bahslarga ikkinchi davradan qo'shiladi. Uning raqibi kiprlik Aristos Mikael va koreyalik Sun Xo Li bahsidan so'ng aniqlanadi.
Bugun tatamiga chiqadigan dzyudochilarimiz:
-73 kg vazn toifasi
Jaloliddin Boynazarov - Miklos Ungvari (Vengriya)
Murodjon Yo'ldoshev - Jiovanni Espozito (Italiya)
Obidxon Nomonov - Eduardo Barbosa (Braziliya)
G'olibjon Sulaymonov - Mark Xristov (Bolgariya)
-81 kg vazn toifasi
Suhrob Tursunov - Robert Rajkay (Vengriya)
SHarofiddin Boltaboev - Aristos Mikael (Kipr)/ Sun Xo Li (Janubiy Koreya)
Arslonbek Tojiev - Zaher Muhammad Sarvay (Afg'oniston)
G'iyosjon Boboev - Oumar Djalo (Franciya)
QIZLAR
-63 kg vazn toifasi
Farangiz Hojieva - Annabell Vinzig (Germaniya)
-70 kg vazn toifasi
SHoxista Nazarova - Maryam Tchanturiya (Gruziya)
Gulnoza Matniyazova - Aleksandra-Anastasiya Nenova (JAR)
Farangiz Xolmurodova - Enxchimeg Tserendulam (Mo'g'uliston)
Fikrlar