29 mar 09:39
Yangiliklar
Bugun Turkiyadagi "Katta Dubulg'a"da 7 nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz
Ushbu nufuzli musobaqada sayyoramizning 5 qitasi 93 davlatidan jami 628 nafar (355 erkak, 273 ayol) dzyudochi ishtirok etadi. Ular qatorida O'zbekiston terma jamoasi dzyudochilari ham medallar hamda Parij-2024 Olimpiadasi yo'lidagi qimmatli reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadi.
Odatdagidek, dastlabki kun engil vazn toifasidagi sportchilar tatamida kuch sinashishadi. Unga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasining 7 nafar vakili ilk yurishini quyidagi raqiblarga qarshi bahs bilan boshlaydi:
-60 kg: Doston Ro'ziev - Andrea Karlino (Italiya)
-60 kg: Dilshod Baratov - Kristos Pinsis (Greciya)
-66 kg: Muhriddin Tilovov - Konrad SHoka (Neytral sportchi)/Lukas Saha (Finlandiya)
-66 kg: Sardor Nurillaev - Boyan Yotov (Bolgariya)/Orlando Polanko (Kuba)
-52 kg: Sita Qadamboeva - Roza Gertes (Vengriya).
-57 kg: Gulhayo Jo'raeva - Anjelika Delgado (AQSH)/ Lseniya Danilovich (Neytral sportchi)
-57 kg: SHukurjon Aminova - Asenur Budak (Turkiya).
Bugungi bellashuvlar Toshkent vaqti bilan soat 11:30 da boshlanadi!
Fikrlar