22 apr 12:05
Yangiliklar

Bugun uch nafar bokschimiz jang qiladi: Hamyurtimiz jahon chempionidan revansh olishga urinib ko'radi
Bugun "Gubernator kubogi"da uch nafar bokschimiz chorak final jangini o'tkazadi. Ular orasida etiborga moligi, -81 kg vaznli bokschimiz Dilshod Ro'zmetov qozog'istonlik Bekzad Nurdauletovga qarshi jang qiladi. Qayd etish lozimki, ushbu ikki bokschi 2019 yilgi jahon chempionati finalida o'zaro jang qilgan va o'shanda qozog'istonlik bokschi g'alaba qozongandi. Bugun Dilshod ushbu mag'lubiyat uchun revansh olishga urinib ko'radi:
-60 kg: Abdumalik Xalakov - Jamal Badrutdinov (Rossiya) (boshlanish vaqti - 18:45 dan so'ng*)
-69 kg: Bobousmon Baturov - Dmitriy Galagoc (Moldova) (19:45 dan so'ng)
-81 kg: Dilshod Ro'zmetov - Bekzad Nurdauletov (Qozog'iston) (20:45 dan so'ng)
*Janglar boshlanish vaqti Toshkent vaqti bilan va taxminan ko'rsatilgan
Fikrlar