02 may 10:05
Yangiliklar

Bugun Xotambek Boynazarov Dubayda greppling bo'yicha jang o'tkazadi
Biz uchun ahamiyatlisi, KC 54 turnirida o'zbekistonlik taniqli MMA jangchisi Xotambek Boynazarov ham ishtirok etadigan bo'ldi. Unga Xabib Nurmagomedovning jamoadoshi bo'lgan rossiyalik Saygid Izagaxmaev raqiblik qiladi.
Ushbu to'qnashuv greppling qoidalari asosida o'tkaziladi.
Malumot uchun, Xotambek Boynazarov MMAdagi faoliyati davomida 10 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan. Saygid hisobida esa 22 g'alaba va 2 ta mag'lubiyat bor.
Oqshomning markaziy jangi sobiq UFC vakili Sem Alvi hamda professional bokschi Tayron Sung o'rtasida og'ir vazn toifasidagi titul uchun o'tkaziladi.
Ikkinchi asosiy bellashuvda esa yana bir UFC sobiq jangchisi Muhammad Mokaev Qozog'iston vakili Bolat Zamanbekov bilan to'qnash keladi.
Musobaqa Toshkent vaqti bilan 15:00 dan keyin boshlanishi kutilmoqda.
Fikrlar