02 mar 09:38
Yangiliklar
Xokkey
Bugun yosh xokkeychilarimiz Jahon chempionatidagi yurishini boshlaydi
Gongkongda xokkey bo'yicha U-18 yosh toifasidagi Jahon chempionatining III A divizioni bellashuvlari boshlanadi.
Musobaqada O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ham ilk bor ishtirok etadi.
Vakillarimiz bugun ilk tur doirasida mezbon Gongkongga qarshi muzga chiqadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 17:30 da boshlanadi.
Malumot uchun, O'zbekistonga guruh doirasida Gongkongdan tashqari Yangi Zelandiya, Turkiya, Bolgariya hamda Isroil terma jamoalari raqiblik qiladi.

Havola :
Manba : uz_hockey
Fikrlar