So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

02 iyu 15:44
Yangiliklar

Qiziqarli!

Bugungi bayramga maxsus: 15 nafar xurliqo sport jurnalistlari

Bugun, 2 iyul butun dunyoda Xalqaro sport jurnalistlari kuni nishonlanmoqda.

Etiboringizga kasb bayramini nishonlayotgan mashhur hamkasabalarimizning Instagram sahifasiga joylagan suratlarini havola qilamiz.

Bu maftunkor hamkasabalarimiz ayrim federaciya yoki associaciyadan ko'ra o'sha sport turi targ'ibotida hamda dunyo bo'ylab ommalashuviga ko'proq xissa qo'shib kelishyapti. 

Lusiya Villalon (Lucia Villalon) - Ispaniyalik taniqli sport telejurnalisti. Lusiya Ispaniya televideniyasi hamda Madridning "Real" klubi kanalida ishlaydi. Ispaniya nashrlari aynan Villalon Krishtianu Ronalduni Irina SHeykdan uzoqlashtirganini yozishgandi.


Miroslava Montemayor (Miroslava Montemayor) - ESPN jurnalisti. Miss Meksika-2013 sohibasi. "Adidas" kompaniyasining Meksikadagi elchisi.


Marisol Gonsales (Marisol Gonzalez) - Meksikalik bu qiz faoliyatini sport jurnalistikasiga bag'ishlagan. Marisol Meksika televideniyasida ishlaydi. Gonsales meksikalik futbolchi Rafael Markes Lugoning rafiqasi hamdir.


Vanessa Xuppenkoten (Vanessa Huppenkothen) - Qonida olmon qoni oquvchi meksikalik jurnalist. Miss Mexiko. ESPN telekanali uchun ishlaydi. NFL o'yinlarini yoritib boradi. Vanessa o'zi ham sport turlari bilan shug'ullanadi. U marafonda startga chiqqan va triatlon musobqalarida ishtirok etgan.


Aleks Karri (Alex Curry) - Maftunkor va shu bilan birga o'z kasbini sevadi. Bunga uning "Instagram"dagi profilini tomosha qilish orqali ham amin bo'lasiz. Karri deyarli barcha suratlarida qo'lida mikrofon bilan gavdalanadi.


Ximena Sanches (Jimena Sanchez) — Fox telekanali jurnalisti. U media xoldingda erkaklar tele auditoriyasini qanday jalb qila olishi bilan tanilgan.


Lara Alvares (Lara Álvarez) - Faoliyatini Ispaniya televideniyasida boshlagan. Lara jurnalistikadan tashqari model biznesida ham mashhurlikka erishgan. Alvares ispan futboli yulduzi Serxio Ramosning sobiq mashuqalaridan biri ham hisoblanadi.


Keyt Abdo (Kate Abdo) - Sky Sports News kanalining sobiq mashhur boshlovchisi. 2015 yilda angliyalik bu xonim "Oltin to'p"ni topshirish marosimida boshlovchilik qilganidan so'ng yana ham mashhurlikka erishgan. Bugungi kunda Fox kanalida sokker va bosh sport turlarini yoritadi.


Melani Kollinz (Melanie Collins) - Amerikalik hamkasabamiz NFL (Amerika futbol chempionati) hamda golf musobaqasini yoritadi.


CHarissa Tompson (Charissa Thompson) - Amerikalik taniqli boshlovchi. CHarissa FOX Sports telekanalida ishlaydi NFL musobaqasini yoritib boradi. Amerika futbolini moviy ko'z Tompson uchun ko'radiganlar ham bor ekan.


Ines Sains (Ines Sainz) - Meksikalik supermashhur sport jurnalisti. Aynan uni Meksika sportining bosh malikasi deb atashadi. Ines Lionel Messidan besh marotaba intervyu olishga muvaffaq bo'lgan. "Dunyo go'zali" tanlovida Meksika sharafini himoya qilgan.


Roberta Setimi (Roberta Setimi) - Braziliyalik bu jurnalist xonim JCH-2014 hamda Rio-2016 Olimpiadasida Fox Sports kanali uchun lavhalar tayyorlagan. Aynan shu ikki musobaqada u yulduzga aylangandi. Ayni paytda Roberta Kanadada istiqomat qilmoqda.


Ivana Nadal (Ivana Nadal) - argentinalik boshlovchi. U "Regbi vaqti" ko'rsatuvini tayyorlaydi va olib boradi. "River Pleyt" klubi muxlisasi.


Alexandra Bitrago (Alejandra Buitrago) - Lotin Amerikasidan bo'lgan xurliqo. Kolumbiyalik Alexandra Bitrago mamlakat televideniyasida ishlaydi. O'zi ham sport bilan shug'ullanadi. Futbol bo'yicha Kolumbiya terma jamoasi o'yinlarini qoldirmay ko'rib boradi. 


Sapa Karbonero (Sara Carbonero) - Ispaniyalik jurnalist va model. 2009 yilda u dunyoning eng maftunkor va jozibali muxbiri deb topilgan. Sara ispaniyalik afsonaviy darvozabon Iker Kasilyasning rafiqasi hisoblanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing