19 iyu 13:11
Yangiliklar
Tennis
Bulter faoliyatidagi ilk WTA sovriniga o'z vatanida ega chiqdi
Buyuk Britaniyaning Nottingem shahrida o'tkazilgan maysa qoplamali WTA turniri yakuniga etdi.
Final uchrashuvida dunyoning 126-raketkasi bo'lib turgan mezbonlar vakilasi Keti Bulter reytingda o'zida 5 pog'ona quyida borayotgan vatandoshi Jodi Anna Byorrejni 6/3, 6/3 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob yiriklashdi - 3:0.
Etmish besh daqiqa davom etgan final bahsida Bulter 1, Byorrej 2 ta eys zarbani amalga oshirgan. Bulter faoliyatidagi ilk WTA sovrinini aynan o'z vatanida o'tgan turnirda qo'lga kiritdi. U yangilangan reytingda Top-80`da(76-o'rin) debyut qildi. Keti 280 reyting ochkosi va 34,228 dollar mukofot puliga ham ega bo'ldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar