02 may 19:56
Yangiliklar
Boks/MMA
"Bunday jang qilinmaydi!" - Teofimo Lopesning otasi Garsiyanining jamoasini tanqid qildi
Sobiq chempion Teofimo Lopesning otasi katta Teofimo Lopes Rayan Garsiyaning jamoasini Jervonta Devis bilan jangi haqida gapirdi.
Eslatib o'tamiz, Devis ettinchi raundda Garsiyani nokaut evaziga mag'lub etgan va Rayanga faoliyatidagi ilk mag'lubiyatni taqdim etgandi.
"Rayanning eng yomon jangi. Bilasizmi, menga nima yoqmadi? Burchakda turib olib, hech kim uning ishlari "pachava" ekanligini bilmadi. Jamoasi unga yordam bermadi. Butun jang davomida Rayan xato qilaverdi. CHapaqay bokschi bilan bunday jang qilinmaydi! Siz raqibning chap qo'lidan uzoqroq bo'lishingiz kerak. Garsiya esa barchasini teskari qildi.
Raundlar o'rtasida uning gaplarini eshitdim. "Zo'r bo'lyapti. SHu ruhda davom et". Hech kim unga tavsiya bermadi. Uning murabbiyi xuddi motivator vazifasini bajarayotgandi", - dedi Lopes.
Havola :
Manba : FightHype.com
Fikrlar