19 iyu 18:02
Yangiliklar
Futbol
"Bunyodkor"ga braziliyalik futbolchi kelmoqda
Toshkentning "Bunyodkor" klubi yozgi transfer oynasi vaqtida o'z tarkibini kuchaytirishda davom etadi.
Kecha "qaldirg'ochlar" safiga serbiyalik yarim himoyachi Milan Marchich kelayotgani haqida xabar bergandik. Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, "Bunyodkor" tez orada braziliyalik chap qanot himoyachisi Velington Taira bilan shartnoma tuzadi. Transfermarkt portali 1996 yilda tug'ilgan futbolchini 200 ming evroga baholamoqda.
Velington Taira faoliyati davomida "Matonense", "Kaskavel", "Linense", "Makae" (hammasi Braziliya) va "Belc" (Moldova) kabi klublarda o'ynagan. Yakunlangan mavsumda Taira sports.md sayti talqiniga ko'ra, Moldova chempionati ramziy terma jamoasidan joy olgandi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar