26 okt 09:42
Yangiliklar
Butunjahon armiya o'yinlari. Ikki taekvondochimiz finalga yo'l oldi
Bugungi kungi musobaqalarda ham to'rt nafar taekvondochimiz yurtimiz sharafini himoya qilmoqda.
-57 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Dinoraxon Mamadibragimova chorak finalda AQSH vakilasi Deyvon Lyuisni 2:1 hisobida taslim qildi. Yarim finalda esa germaniyalik Anna Lena Froemming mag'lub etildi - 2:1. Endi Dinoraxon finalda rossiyalik Elena Evlampevaga qarshi dayanga chiqadi.
-67 kg vaznda Nigora Tursunqulova chorak finalda italiyalik Kristina Gaspani 11:0 hisobida mag'lub etdi. Yarim finalda rossilik Anastasiya Bakanova taslim qilindi - 18:2. Finalda Nigora xitoylik Mengyu Zang bilan oltin medal uchun jang qiladi.
-80 kg vazn toifasida Nikita Rafalovich nimchorak finalda eronlik Erfan Nazemiga qarshi dayanga chiqdi. Afsuski hamyurtimizdan bu bahsda omad yuz o'girdi - 6:7.
-87 kg vazn toifasida SHuhrat Salaev dastlabki bosqichda SHahsam Karki ustidan 32:3 hisobida g'alabaga erishdi. Nimchorak finalda esa rossiyalik Rafael Kamalov bilan bahsda imkoniyatni boy berib qo'ydi - 1:3.
O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar