So’nggi yangiliklar

18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0

25 okt 15:14
Yangiliklar

Taekvondo

Butunjahon armiya o'yinlari. Taekvondochilardan bugun bitta oltin va uchta bronza!

Xitoyning Uxan shahrida VII Butunjahon armiya o'yinlari davom etmoqda.

Bugungi kungi musobaqalarda ham to'rt nafar taekvondochimiz yurtimiz sharafini himoya qildi.

-63 vazn toifasida Niyoz Po'latov rossiyalik Janat Iskakovni 30:0 hisobida tor-mor etdi va bronza medaliga ega chiqdi. Po'latov ilk bosqichda qozog'istonlik Islamgali Abuov, so'ngra xitoylik Xairui Vangni, chorak finalda eronlik Kamron Mardanipurni mag'lub etgandi. Yarim finalda franciyalik Dilan CHellamotoga yutqazib qo'ydi va bronza medali uchun kurash olib bordi.

-62 kg vazn toifasida hamyurtimiz Feruza Sodiqova dominikanlik Anduxar Jenesisni 46:7 hisobida taslim qildi va bronza medalini qo'lga kiritdi. Malumot uchun, Sodiqova va musobaqani chorak finalda rossiyalik Yuli Turutina ustidan g'alaba bilan boshladi. Yarim finalda esa xitoylik Jie Songga yutqazib qo'ygandi.

-54 kg vazn toifasida o'zbekistonlik Otabek Turg'anbekov misrlik Muaz Azatni 24:19 hisobida mag'lub etdi va bronza medali sohibiga aylandi. Eslatib o'tamiz, Turg'anbekov dastlabki bosqichda koreyalik Park Yongchulni, nimchorak finalda kuvaytlik Ali Almershadni mag'lub etgandi. CHorak finalda esa braziliyalik Paulo Meloga imkoniyatni boy berib qo'ygan va bronza medali uchun kurashish imkoniyatini saqlab qolgandi.

-53 kg vazn toifasida CHaros Qayumova finalda germaniyalik Nadya Nutxaft Roxana ustidan 29:15 hisobida g'alabaga erishib oltin medalni qo'lga kiritdi! Eslatib o'tamiz, CHaros 1/8 finalda misrlik Maram Izatni, chorak finalda serbiyalik Tiyana Bogdanovichni, yarim finalda braziliyalik Leonor Saraviyani mag'lub etgandi.


O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing