So’nggi yangiliklar

20:20Шоҳасан, Одилхон ва Бобур "Горилла" иштирок этадиган Тошкентдаги Octagon 83 турниридан ОНЛАЙН 0 20:03Белбоғли курашчиларимиз Жаҳон чемпионатида иккинчи бўлишди 0 18:43WBC Гран-приси. Мужибилло Турсунов эртанги жанги олдидан рақиби билан юзма-юз келди (ФОТО) 0 18:01Норчаев Германияда операция қилинди. У қачон сафга қайтади? 0 17:40Жейк Пол — Энтони Жошуа: турнирнинг тўлиқ карди билан танишинг 0 17:19"Одамлар жанг ҳақиқийлигига шубҳа қиляпти". Собиқ спортчи Пол ва Жошуа ўртасидаги бўлажак жанг ҳақида гапирди 0 16:58"Курашмайман". Пимблетт Гэтжи билан қандай жанг қилишини айтди 0 16:37Рауф Инилеев: "Мундиал арафасида ҳеч ким жароҳат олмаслиги муҳим, чунки захирамизда бошқа Шомуродов, Юсупов ва Ҳусанов йўқ!" 0 16:16"Кроуфорднинг қайтишини кутяпман" - эксперт 0 15:55Арман Царукян: "Гэтжи ва Пимблетт менинг даражам эмас. Шунинг учун..." 0 15:34Бетербиев — Кроуфорд ҳақида: "Уч вазн тоифасида биринчи мутлақ чемпион бўлиш — бу жуда кам учрайди" 0 15:13"Ғазалкент" футбол клуби қайтди 0 14:52Масвидаль UFC’нинг ярим ўрта вазнида Махачев учун энг хавфли рақибни айтди 0 14:31Макгрегор Пол - Жошуа жангига жуда катта пул тикмоқчи 0 14:10Жейк Пол ва Энтони Жошуа нигоҳлар тўқнашувида нималар деди? 0

21 noy 17:20
Yangiliklar

Karate

Butunjahon karate federaciyasi Prezidenti Milliy olimpiya qo'mitasida mehmon bo'ldi

Teglar :  Karate
Bugun O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida Toshkentga rasmiy tashrif bilan kelgan Butunjahon karate federaciyasi (WKF) Prezidenti Antonio Espinoz boshchiligidagi delegaciya mehmon bo'ldi.

Etiborli jihati shundaki, Espinoz ilk marotaba Markaziy Osiyo mintaqasiga keldi va tashrifini aynan poytaxtimizdan boshladi.

Delegaciya azolarini MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov hamda Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi raisi o'rinbosari, MOQ vice-prezidenti Farxod Turdievlar kutib olishdi. O'zbekistonga uyushtirilgan safari davomida martabali mehmonga Butunjahon karate federaciyasi vice-prezidenti, General-mayor Nosir Abdul Razzoq Al Razzoqi va WKF Ijroiya qo'mitasi azosi, Saudiya Arabistoni karate federaciyasi Prezidenti Ibrohim Muhammad Al Gannas hamrohlik qilishmoqda.
Mehmonlar dastlab MOQ binosida joylashgan Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi bilan yaqindan tanishishdi. Aytish kerakki, markaz jahon karate tashkiloti rahbarlarida katta taassurot qoldirdi. Bu erda sportchilar salomatligini tiklash, tibbiy ko'rikdan o'tkazish, ularning funkcional va fiziologik holatlarini yaxshilashga xizmat qiladigan xonalar, maxsus labaratoriya, bir so'z bilan aytganda yaratilgan sharoitlarga mehmonlar yuqori baho berishdi.
SHundan so'ng Qo'mitaning muzokaralar zalida ikki tomon o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. O. Kasimov mehmonlarni qutlar ekan, karate mamlakatimizda eng ommaviy sport turlaridan biri ekanligi, bugungi kunda butun Respublikamiz bo'ylab 50 000 dan ziyod yoshlar sportning ushbu turi bilan muntazam shug'ullanib kelayotganligini malum qildi.
Yurtimizda sportni rivojlantirish yo'lida olib borilayotgan islohotlar o'z samarasini berayotgani, buning natijasi o'laroq o'zbekistonlik karatechilar xalqaro maydonda munosib ishtirok etib, bir qator nufuzli turnirlarda g'olib va sovrindorlar safidan joy olishayotganiga alohida urg'u berdi.

F. Turdiev esa o'z navbatida Butunjahon karate federaciyasi rahbarlarini karate sport turining ilk marotaba Tokio 2020 Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritilganligi va olimpiya oilasiga azo bo'lgani bilan samimiy qutladi. SHuningdek, karate nafaqat sportning ushbu turi vatani hisoblangan Yaponiyadagi Olimpiya o'yinlarida, balki undan keyingi Olimpiadalarda ham doimiy ravishda o'yinlar dasturidan o'rin olishiga umid bildirdi. 

Antonio Espinoz bunga javoban Butunjahon karate federaciyasi keng ko'lamda ish olib borayotgani, karateni butun dunyoda yanada rivojlantirish, uning ommaviyligini oshirish yo'lida qator loyihalar ishlab chiqilayotganini takidlab o'tdi. O'zbekiston Marakaziy Osiyo mintaqasida sportning ushbu turi yuksak darajada taraqqiy etgan mamlakat ekanligini hisobga olib, WKF Prezidenti Toshkentda Osiyo karate markazini tashkil etish taklifi bilan chiqdi.
SHuningdek, O'zbekiston karate milliy federaciyasi Prezidenti Alamjon Mullaevning nafaqat yurtimizda, balki butun mintaqada karateni rivojlantirish yo'lida olib borayotgan ishlarini yuqori baholadi.
Tokio 2020 Olimpiya o'yinlarida karate bo'yicha musobaqalar 6 ta vazn toifasida (3 ta erkaklar, 3 ta ayollar) tashkil etiladi. SHuningdek, Kata bo'yicha 2 ta vazn toifasida (erkaklar va ayollar) bahslarda ishtirok etishadi. Hammasi bo'lib Olimpiya o'yinlariga karate uchun 80 ta licenziya ajratiladi. (har bir vaznda 10 tadan).
Demak, o'z o'zidan ko'rinib turibdiki kunchiqar yurtdagi Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olish aslo oson bo'lmaydi. Tokio tatamilarida dunyoning eng sara karate ustalari chiqish qilishadi. WKF rahbari Olimpiya o'yinlariga licenziyalar turli musobaqalarda jamg'arilgan reyting ochkolari evaziga qo'lga kiritilishini malum qildi. Ana shunday licenzion turnirlar 2018 yilning aprel-may oylaridan boshlanadi va butun dunyo karatechilari qimmatli reyting ochkolari uchun to Olimpiya o'yinlariga qadar, yani 2 yil davomida kurash olib borishadi.
Janob Espinoz O'zbekiston ham karate sport turi jadal suratlarda rivojlanib borayotgan mamlakat sifatida Tokio 2020 Olimpiya o'yinlarida katta delegaciya bilan ishtirok etishidan umidvor ekanligini izhor qildi. Bunga javoban Oybek Kasimov bugungi kunda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi va bir qator nufuzli xalqaro sport tashkilotlari o'rtasida mustahkam aloqalar o'rnatilganligi, shu jumladan Butunjahon karate federaciyasi bilan ham hamkorlik doirasini kengaytirish, aloqalarni yanada mustahkamlashdan faqat hursand bo'lishini malum qildi. 
Uchrashuv yakunida Oybek Kasimov mehmonlarga esdalik sovg'alarini topshirdi. O'z navbatida Antonio Espinoz samimiy qabul uchun minnatdorchilik izhor etar ekan MOQ Prezidenti va Bosh kotibiga alohida esdalik sovg'alarini taqdim etdi.

Malumot uchun, Butunjahon karate federaciyasi (World Karate Federation, WKF) –Xalqaro olimpiya qo'mitasi tomonidan tan olingan xalqaro tashkilot bo'lib, butun dunyoda karateni rivojlantirish bo'yicha faoliyat olib boradi. Tashkilotga jahoninng 192 ta milliy federaciyalari azo bo'lgan. SHtab-kvartirasi Madrid (Ispaniya)da joylashgan.

Karate shuningdek, 2018 yilning oktyabrida Buenos-Ayres (Argentina)da bo'lib o'tadigan III o'smirlar Olimpiya o'yinlari dasturidan ham joy olgan. Argentinada musobaqalar 6 ta vazn toifasida o'tkaziladi. O'smirlar (-61kg -68kg va +68kg), qizlar esa (-53kg, -59kg va +59kg) vazn toifasida g'oliblik uchun kurash olib borishadi. Karate barcha qitalar o'yinlari dasturida ham bor. Osiyo o'yinlarida karate birinchi marta 1994 yil Xirosima (Yaponiya)da taqdim etilgan.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing