So’nggi yangiliklar

18:53"Бу уларга таъсир қиларди". Хабиб жанг пайтида рақиблари билан тез-тез гаплашиб турганини тушунтирди 0 18:10"Ҳазиллашмаяпман". Стрикленд Трамп ва Гитлер ўртасида ўхшашликни кўрсатди 0 17:35"Реал" ёзда Александр-Арнольдни сотиш ниятида эмас 0 16:59Хабиб нима учун Макгрегорни ҳеч қачон ҳақорат қилмаганини тушунтирди 0 16:14Икки вазнда собиқ UFC чемпиони промоушендаги ҳакамликни танқид қилди 0 15:33Усик фаолиятидаги сўнгги жанг ҳақида: "Бизда иккита вариант бор" 0 14:57"Манчестер Юнайтед" дарвозабони бошқа клубга ўтди 0 14:16"У билан ҳаммаси тамом бўлган". Оверим Макгрегор ҳақида 0 13:40Алматидаги катта масштабдаги халқаро ўқув-машғулот йиғини давом этмоқда + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 12:58Жавоҳир Синдаров: "Мен Гукешнинг энг кучли версиясига тайёрланяпман" 0 12:33УЕФА жазмани билан боғлиқ жанжал сабаб Инфантинонинг фаолиятини текширмоқчи 0 12:31Али Абдель-Азиз АҚШ Президенти яхши кўрадиган икки жангчини айтди. Улар орасида россиялик ҳам бор! 0 11:59Оғир атлетика бўйича Осиё чемпионатининг иккинчи кунги баҳсларидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 11:26"Барселона" Араухонинг ўрнига ўринбосар топди 0 10:55Уайт Макгрегорнинг Дублиндаги ресторанига ташриф буюрди 0

07 avg 09:42
Yangiliklar

Taekvondo

Butunjahon taekvondo federaciyasi prezidenti O'zbekistonning jahon chempionatiga tayyorgarligiga baho berdi

Teglar :  Taekvondo
Xabaringiz bor, bugun Toshkent shahrida kadetlar, yani o'smirlar o'rtasida taekvondoning olimpiya oilasiga mansub yo'nalishi bo'yicha jahon chempionati start oldi.

SHu munosabat bilan kecha yurtimizga Butunjahon taekvondo federaciyasi prezidenti CHungvon CHoy tashrif buyurdi. Martabali mehmon Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi va o'sha erning o'zida OAV xodimlariga qisqa intervyu berdi. 

"Bundan ikki yil oldin O'zbekistonga tashrif buyurgandim. Bu safar kadetlar o'rtasidagi jahon chempionati sabab mamlakatingizga keldim. Bu erda jahon chempionatini yuqori saviyada tashkil etish uchun juda yaxshi tayyorgarlik olib borilgani ko'rinib turibdi. 

Avvalgi tashrifim davomida Toshkentda "Prezident kubogi"ni tashkil etgandik, shuningdek yana bir qator musobaqalarni o'tkazganmiz. Jahon chempionatidek nufuzli musobaqalarni o'tkazish uchun O'zbekistonda moddiy-texnik baza imkoniyatlari etarli. Eng asosiysi Respublika Prezidenti janob SHavkat Mirziyoev shaxsan ushbu sport turiga qiziqadilar. SHu sababdan ham mazkur chempionatni O'zbekistonga ishonib topshirdik. 

Umid qilamanki, ushbu musobaqa O'zbekiston uchun oldinda turgan nufuzli musobaqalar, jumladan Tokio 2020 Olimpiadasiga muvaffaqiyatli natija qayd etish yo'lida ahamiyatga ega bo'ladi", - dedi Butunjahon taekvondo federaciyasi prezidenti CHungvon CHoy.

O'zbekiston taekvondo WTF Associaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing