So’nggi yangiliklar

08:00Осиё ўйинларида иштирок этаётган ўзбекистонлик спортчилар барча натижаси битта саҳифада (LIVE) 0 01:04Mangu 5: Фурқатбек Ёқубов иштирокидаги чемпионлик жанги муддатидан аввал ниҳоясига етди 0 00:40Муҳиддин Мамажонов Тошкентда Магомед Салиевга қарши жанг қилди 0 22:28Бобур Тагиев "Mangu 5" турнирида ғалаба қозонди 0 22:02Амирхон Алихўжаев "Mangu 5" турнирида ғалабага эришди 0 21:11Кураш, бокс ва бошқа спортлар. Осиё ўйинларининг саккизинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати билан танишинг 0 20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Эркаклар терма жамоамиз Арманистонни, аёллар Перуни мағлуб этди 0 19:52Осиё ўйинларининг еттинчи кундан кейин медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 19:30"Манчестер Сити"нинг Премьер-лига қоидаларини бузгани ҳақидаги айбловлар: Улар нимадан иборат? Қандай жазо қўлланиши мумкин? Кейин нима бўлади? 0 18:51Эртага 5 нафар боксчимиз Осиё ўйинлари чорак финалида жанг қилади 0 18:30Осиё ўйинларининг еттинчи кунини 3 та медаль билан якунладик 0 17:15Ўзбекистон делегацияси расмийлари ХОҚ Президенти билан учрашишди 0 16:16Мбаппе Платинининг рекордини такрорлади 0 15:25Тимур Турлов - FIDE президенти этиб сайланди! 0 13:11"Mangu 5" турнири олдидан ўтказилган face-to-face маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

09 avg 07:04
Yangiliklar

Taekvondo

Butunjahon taekvondo federaciyasi rahbari O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasiga tashrif buyurdi

Xabaringiz bor, ayni kunlarda poytaxtimizda taekvondo bo'yicha kadetlar o'rtasida jahon chempionati bo'lib o'tmoqda.

Ushbu yirik musobaqa ko'plab xalqaro federaciya rahbarlari etiborida ekani shubhasiz. Musobaqa jarayonini va tashkiliy qo'mita ishi bilan yaqindan tanishish uchun jahon taekvondo federaciyasi rahbari CHung Von CHoy ayni kunlarda poytaxitmizda bo'lib turibdi. Martabali mehmon kecha Milliy olimpiya qo'mitasiga tashrif buyurdi. Mehmonni MOQ prezidenti Rustam SHoabdurahmonov kutib oldi. 

Uchrashuv chog'ida Rustam SHoabdurahmonov yurtimizda ommaviy sport rivoji va taekvondoga qaratilayotgan etibor haqida batafsil gapirib berdi.

“Sizning tashrifingiz musobaqaning nufuzini yanada ko'tarib berdi. Muhtaram Prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoev yoshlarimizning porloq kelajagi yo'lida 5 ta muhim ustuvor tashabbus ishlab chiqqan bo'lib, ulardan biri aynan sport sohasiga qaratilgan. Unda yoshlarimizning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, ommaviy sport va jismoniy tarbiya bilan shug'ullanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish g'oyasi ilgari surilgan. Zero, sog'lom avlod kuchli mamlakat poydevoridir. So'nggi 3 yil ichida sport bilan shug'ullanuvchi yoshlarimiz safi sezilarli ko'paydi. Sizning bu tashrifingiz – ulkan bino qurilishiga qo'yilgan tamal toshi. Sizdagi boy tajriba, malaka yordamida taekvondo taraqqiyotini yangi darajaga olib chiqamiz. Qarshi bo'lmasangiz, MOQ, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, federaciyamizdan biriktiriladigan vakillarimiz jahon taekvondo federaciyasining faoliyati bilan tanishib, ushbu sportni rivojlantirish strategiyasini o'rganib qaytishsa”, – dedi Rustam SHoabdurahmonov.

O'z navbatida CHung Von CHoy ham o'z taassurot va rejalari bilan o'rtoqlashdi.

“O'zbekistonga beshinchi bor kelishim. Bu galgisi menda umuman o'zgacha taassurot qoldirmoqda. Bilamanki, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti muhtaram SHavkat Mirziyoev uzoqni ko'ra oladigan inson va shu o'rinda sportga ham katta etibor qaratmoqda. 2 yil muqaddam kelganimda muhtaram SHavkat Mirziyoev bilan taekvondoning O'zbekistondagi rivoji borasida 1 soatdan oshiq suhbat olib borgan edik. Ushbu sport taraqqiyoti yo'lida O'zbekiston Milliy universitetida (O'zMU) taekvondo fakulteti ochilgan. Ushbu tashrifim davomida fakultet faoliyati bilan yaqindan tanishdim va aytishim mumkinki, yurtingizda taekvondoni bu darajada yoqtirishadi, deb o'ylamagan edim. Ishonamanki, bunday hamkorligimiz bardavom bo'ladi”, – dedi CHung Von CHoy.

SHuningdek, tadbir davomida murabbiy va hakamlar saviyasini oshirish, O'zMUda tashkil etilgan taekvondo fakultetining faoliyatini yanada rivojlantirish kabi istiqbolli rejalar xususida muzokara olib borildi. Uchrashuv yakunida har ikki tomon bir-birlari bilan esdalik sovg'alarini almashishdi.


Suhbatdan so'ng martabali mehmon MOQdagi Olimpiya muzeyida o'zbekistonlik sportchilar Olimpiya o'yinlarida qayd etgan natijalari bilan yaqindan tanishdi.



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing