So’nggi yangiliklar

16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0 10:47Мессининг голи ва узатмаси "Интер Майами"га ғалаба келтирди + ВИДЕО 0 10:06Эркин курашчиларимиз Жаҳон чемпионатини медалсиз якунлашди 0 09:35Богдан Гусковнинг навбатдаги рақиби, жанг санаси ва манзили маълум + ПОСТЕР 0 09:04Усик кейинги жанги бўйича қарор қабул қилди ва рақибини айтди 0

20 apr 18:18
Yangiliklar

Dzyudo

Buxoro viloyati dzyudosiga yangi rahbar saylandi

Teglar :  DzyudoBuxoro
Bugun O'zbekiston dzyudo federaciyasi Buxoro viloyati bo'limining navbatdan tashqari Konferenciyasi bo'lib o'tdi.

Unda tashkiliy masala ko'rildi. ZOOM platformasida o'tgan yig'ilishda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi mutasaddilari, O'zbekiston dzyudo federaciyasi hamda Buxoro viloyati turizm va sport boshqarmasi rahbariyati, Federaciyaning Buxoro viloyati bo'limi vakillari, masul xodimlar, murabbiylar hamda hakamlar ishtirok etdi. Konferenciyaning asosiy maqsadi - O'zbekiston dzyudo federaciyasining Buxoro viloyat bo'limiga yangi rahbar saylash edi. 

Konferenciyani O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisi o'rinbosari, mamlakat dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov kirish so'zi bilan ochib berdi.

"Vaziyat taqozosi bilan yig'ilishimiz ZOOM platformasida onlayn tarzda bo'lib o'tmoqda. Nasib qilsa, yaqin kunlarda biz Buxoroga borishni rejaga kiritganmiz. Qolaversa, hozir federaciyamizning ikki masul xodimi Buxoroi sharifda bo'lib turibdi. Ular bevosita voqea joyida viloyatda dzyudoga qaratilayotgan etibor, murabbiy va dzyudochilarni qiynayotgan muammolar bilan yaqindan tanishishyapti. Bu bo'yicha bizga axborot berishadi.  

Hech kimga sir emas, Buxoro viloyati nafaqat mamlakatimiz, balki xalqaro dzyudo oilasiga ham nomdor tatami ustalarini etkazib bergan. Bu borada Olimpiya o'yinlarining uch karra bronza medali sovrindori, ikki karra jahon chempioni Rishod Sobirovni esga olish kifoya bo'lsa kerak. Qolaversa, Farhod To'raev, Ramziddin Saidov, Kamol Murodov kabi xalqaro maydonda nom qozongan dzyudo ustalarini aytish o'rinli bo'ladi. O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sport ustozi, Olot dzyudo maktabi asoschisi Rustam To'raev tomonlaridan amalga oshirilgan ishlar tahsinga sazovor. Ammo, so'nggi yillarda natijalar biroz pasaydi. Bundan ham ko'z yuma olmaymiz. Bunga o'rtada yuzaga kelgan avlodlar almashinuvi ham sabab bo'ldi deyish mumkin. Bugungi yig'ilishimizning asosiy sababi ham shu. Maqsadimiz – Buxoro dzyudosini yangi bosqichga olib chiqishdan iborat. Buning uchun ish ko'zini yaxshi biladigan, muammolarni bartaraf eta oladigan, murabbiy va dzyudochilar bilan samimiy muloqotga kirishadigan rahbarga ehtiyoj seziladi. Bugun biz ana shunday xislatlarga ega mutaxassis – Ochilov SHuhrat Saidovichni O'zbekiston dzyudo federaciyasining Buxoro viloyat bo'limiga rahbar lavozimiga tavsiya etamiz. O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston dzyudo federaciyasi rahbariyati SHuhrat Ochilovga ishonch bildiradi. O'ylaymizki, Buxoro dzyudosi qisqa fursatda yana avvalgidek etakchilar qatoriga qaytadi", - dedi A.Kamilov.       

SHundan so'ng viloyat dzyudosi rahbarligiga ko'rsatilgan nomzod ovozga qo'yildi. Konferenciya ishtirokchilari SHuhrat Ochilov nomzodini bir ovozdan maqullashdi. 

Onlayn konferenciya so'nggida Buxoro viloyati turizm va sport boshqarmasi raisi Ismoil Mirzaev, O'zbekiston dzyudo federaciyasi Buxoro viloyati bo'limi masul xodimi Ozod To'raev viloyatda dzyudo sport turi rivoji yo'nalishida olib borilayotgan ishlar xaqida malumot berib, yangi rahbar bilan hamjihatlikda samarali faoliyat olib borishlarini takidlashdi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing