12 mar 13:40
Yangiliklar
Buyuk Britaniya hukumati vakillari XOQ homiylariga Rossiyaga bosim o'tkazishni taklif qilmoqda
"The Guardian" xabariga ko'ra, Buyuk Britaniya qonunchiligi amaldorlari Parijda o'tadigan Olimpiada-2024 o'yinlariga rus va belaruslik sportchilarini qo'ymaslik borasida yirik homiylarga Xalqaro Olimpiya Qo'mitasiga tazyiq bilan chiqishni tavsiya qilgan.
Buyuk Britaniyaning OAV, madaniyat va sport bo'yicha vaziri Lyusi Freyzer bu borada XOQning asosiy hamkorlari Coca-Cola, Intel, Samsung va Visa rahbarlariga murojaat bilan chiqqan.
"Rossiya va Belarusda sport va siyosat chambarchas bog'liqligini barcha biladi. SHu sababli biz Rossiya va Belarus mamlakati hukumat vakillari sportni o'z maqsadlari yo'lida foydalanishiga qarshimiz.
Qachonki bizning bu boradagi fikrlarimiz, neytralitet modeli detallari ochiq ko'rilib chiqilmas ekan, biz rus va belaruslik sportchilarning katta turnirlarga qaytarilishiga qarshilik qilamiz", - deb yoziladi bayonotda.
Fikrlar