29 apr 09:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Byorns CHimaev-Kovington jangi favoritini aytdi
Braziliyalik aralash yakkakurashlar ustasi Gilbert Byorns Kolbi Kovington va Xamzat CHimaev o'rtasidagi ehtimoliy jang haqida gapirdi.
"Bu jang yaqinda bo'ladi, lekin avval Kolbi uni qabul qilishi kerak, men esa uni bunday qiladi deb o'ylamayman. Men uning bu jangga rozi bo'lmasligini sezyapman. Lekin agar u rozi bo'lsa, bu juda og'ir jang bo'ladi. Kolbi uni mag'lub eta oladimi, yo'qmi, barcha zarbalarga chiday oladimi, yo'qmi bilmayman. Kolbi Xamzatga zarar etkazadigan darajada kuchga ega emas. Men bu jangda Xamzatni favorit sifatida ko'ryapman.
Xamzatning keyingi raqibi Belal Muhammad bo'lishi ham mumkin. Revanshga tayyorman deb aytdim, shunday ekan ko'ramiz. Menga katta janglar kerak - mana men qidirayotgan narsa", - deya Byornsning so'zlarini keltiradi MMA Junkie.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar