08 fev 14:47
Yangiliklar

Caidyoqub Qahramonov UFC'dan ketdimi?
Eng engil vaznda o'zbekistonlik UFC jangchisi Saidyoqub Qahramonov (10-3) Twitter'dagi rasmiy sahifasida ligani tark etganiga ishora qildi.
"Mening ismimni UFC Rosterida ko'rishingizdan avval, UFC meni ketkazyapti. 2 yil davomida UFC'da 3 ta jang o'tkazdim, bu vaqt davomida menga nisbatan adolatli munosabat bo'lmadi. Har safar oktagonga kirganimda, debyut jangimdek his qilaman. 2 yilda 3 ta jang? Meni "sindirish" uchun olib kelishganga o'xshaydi", - deb yozgan hamyurtimiz.
Qahramonov so'nggi bor 2022 yilning 18 dekabr kuni Las-Vegas shahri (AQSH)da tashkil etilgan UFC Fight Night musobaqasi doirasida rossiyalik Said Nurmagomedovga (17-2) qarshi oktagonga ko'tarilib, sabmishen evaziga mag'lub bo'lgan edi.
Before you see my name on the ufc Roster watch lol
— Saidyokub Kakhramonov (@SaidYokubMMA) February 8, 2023
UFC releasing me after 1 lost smh. I never had fair shake in the ufc 3 fights almost in 2 years. Every time I walked into cage it felt like my debut. Shit 3 fights in 2 years? Feels like they brought me in to loose.
Fikrlar