02 noy 17:53
Yangiliklar
Carukyan Dariushga qarshi jangi haqida gapirdi
"Menda vaqt hamda maqsadim borligidan juda xursandman. Diviziondagi yosh jangchilar orasida eng yaxshisiman. Beneil UFCʼda 20 dan ortiq jang o'tkazgan, shuning uchun bu yosh va qari bo'ri o'rtasidagi qarama-qarshilik bo'ladi. Ko'ramiz, kim g'alaba qozonadi.
Bu daqiqani anchadan beri kutgandim. Beshlikdagi yigitlarga ko'p marta qo'ng'iroq qildim va barchasi befoyda bo'ldi. Nihoyat, kuchli beshlikdagi raqibga qarshi kurashish imkoniyati bor. Men bunga loyiqman. Ikkinchi dekabr kuni men kuchli beshlikdan joy olishim hamda chempion bo'la olishim mumkinligini ko'rsataman", - dedi Arman.
Eslatib o'tamiz, Carukyan so'nggi jangida braziliyalik Joakim Silvani texnik nokaut evaziga mag'lub etgan edi.
Fikrlar