17 iyu 11:55
Yangiliklar

Carukyan Topuriyaning kuchli va zaif tomonlarini sanab berdi
"Topuriyaning boksi juda zo'r. U juda kuchli va og'ir zarba beradi, shu bilan birga, u o'z fursatini kutadigan jangchi — yani shoshilmaydi. Bu ham katta fazilat. Ko'plab jangchilarda bunday sifat yo'q. Agar Iliya masalan zarba o'tkazsa, darrov javob berishga shoshilmaydi, aksincha, bunga xotirjamlik bilan qaraydi. Topuriyada juda yaxshi jangchi IQ'si bor — bu uning kuchli jihatlari.
Zaif tomonlariga kelsak, u klinchda (yani yaqin masofada) ishlashda charchashni boshlaydi. Men aynan shu jihatda ishlashim kerak bo'ladi — uning zarba kuchi kamayishi uchun. Uning grepplingi qanday? Menimcha, unga qarshi hali kuchli kurashchi to'g'ri kelmagan. Faqat Brays Mitchell bor edi. Ammo u ham yuqori darajali kurashchi emas, shuning uchun baholash qiyin. Lekin men yoki Islam Maxachev uni erda ushlab turishimiz mumkin", — dedi Carukyan.
Fikrlar