27 fev 09:31
Yangiliklar

Caul Alvares va uning raqibi taroziga chiqdi, ertaga jang + FOTO
Bugun oqshom ishtirokchilari tarozidan o'tkazildi. Kechaning markaziy jangi ikkinchi o'rta vaznda WBA Super va WBC yo'nalishlari chempioni, meksikalik afsona Saul "Kanelo" Alvares hamda turkiyalik davogar Avni Yildirim o'rtasida bo'lib o'tadi. Tarozi marosimida har ikki bokschi ham bir xil vazn ko'rsatishdi — 76,0 kg.
Eslatib o'tamiz, Alvares o'zining so'nggi jangini 2020 yilning dekabrida Kallum Smitga qarshi o'tkazib, raqibini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgan holda ikkinchi o'rta vazn chempioniga aylangandi. Yildirim esa 2019 yilning fevralida Entoni Dirrellga imkoniyatni boy bergan edi.
Etiborga molik jihati shundaki, Saul Alvaresning keyingi jangi ham deyarli aniq bo'lib ulgurgan. U may oyida WBO chempioni Billi Jo Sondersga qarshi ringga ko'tariladi.
Mavzuga aloqador: Tavsiya qilamiz: Kaneloning yangi jangi tomoshabinlar uchun ajoyib zavq. Uning raqibi tajovuzkor va Alvares bundaylarni yoqtiradi
Fikrlar