04 sen 09:36
Yangiliklar
Boks/MMA

Cen-Per Xabibni tarixdagi eng kuchli 10 nafar jangchi sirasiga kiritdi
UFC'ning sobiq ikki karra chempioni Jorj Sen-Per tarixdagi eng kuchli 10 nafar jangchi haqidagi savolga javob berdi.
"Birinchi navbatda Xoys Greysni aytgan bo'lar edim. Sababi, u avval hech kim qilmagan ishni amalga oshirgan. Amanda Nunesni ham aytgan bo'lar edim, garchi faoliyatini yakunlamagan bo'lsa-da. U ayollar o'rtasida eng yaxshi jangchi hisoblanadi.
Xabib, chunki u mukammal faoliyatga ega. U engimas bo'lib ketdi - bu aql bovar qilmaydigan ish! Bu ro'yxatga Konor Makgregorni ham qo'shgan bo'lardim, chunki u bu sport turini boshqa darajaga olib chiqdi.
Bundan tashqari, Jon Jons, Anderson Silva va Demetrius Jonsonni ham shunday deb aytgan bo'lar edim", - deya fikrini izohladi Sent-Per.
Ilgariroq, Jorj faoliyatini tiklagan taqdirda Xabib bilan jang qilishni istashini aytgan edi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar